Jamiyat

Oʻzbekistonga Rospotrebnadzor mutaxassislari tashrif buyurishdi

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Fotobankka oʻtishRabota medikov s bolnыmi COVID-19 v klinike MGU
Rabota medikov s bolnыmi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik Oʻzbekiston
RF mutaxassislari ilmiy va amaliy tadbirlar, onlayn-maslahatlar oʻtkazadilar, shuningdek, COVID-19ga qarshi kurashda Rossiya amaliyotini respublikada tadbiq etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqadilar.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash doirasida Rossiyadan Oʻzbekistonga yetti nafar mutaxassis - Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish boʻyicha Federal xizmati epidemiologlari, virusologlari va infektsionistlari tashrif buyurishdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Rospotrebnadzor xodimlari 2020 yil 23 avgustdan 5 sentyabrgacha Sanitariya-epidemiologik farovonlik Agentligi va unga qarashli tashkilotlarda maslahat koʻmagini koʻrsatadilar.

Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rospotrebnadzor mutaxassislari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi - Zaxarova

Ushbu tashrif davomida rossiyalik mutaxassislar mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bilan tanishishni rejalashtirmoqdalar. Shuningdek, ular epidemiologik nazorat, laboratoriyalar, koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga yoʻnaltirilgan tibbiyot muassasalari ish mexanizmini batafsil oʻrganadilar.

Delegatsiya aʼzolari poytaxtdan tashqari Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida boʻlishadi.

RF mutaxassislari tashrifi davomida ilmiy-amaliy tadbirlar, onlayn-maslahatlar oʻtkazadilar, shuningdek, COVID-19ga qarshi kurashning Rossiya amaliyotini joriy etish imkoniyatlarini oʻrganadilar.

Avvalroq, respublikaga Rossiyadan 40 nafar shifokor koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda yordam berish uchun yetib kelgan. Guruh tarkibiga reanimatologlar, pulmonologlar, infektsionistlar, kardiologlar va endokrinologlar kirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala