"Ming dollarga ish": Jizzaxda odamlarga turli lavozimlarni pullagan firibgar qoʻlga olindi
"Ming dollarga ish": Jizzaxda odamlarga turli lavozimlarni pullagan firibgar qoʻlga olindi
Tergovga qadar tekshiruvda, Oʻzbekiston temir yoʻllari vakili 23 nafar fuqarodan ularni turli lavozimlarga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 18 400 AQSH dollari... 26.08.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Tergovga qadar tekshiruvda, Oʻzbekiston temir yoʻllari vakili 23 nafar fuqarodan ularni turli lavozimlarga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 18 400 AQSH dollari olgani aniqlangan
TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. "Oʻzbekiston" lokomativ deposi navbatchisi 23 nafar fuqaroning 18 400 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Jizzax viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning "Oʻzbekiston" lokomativ deposi navbatchisi YU.B. fuqaro J.O.ni tanishlari orqali deponing Jizzax filialiga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 300 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Bundan tashqari, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YU.B. 23 nafar fuqaroni "Oʻzbekiston" lokomativ deposining turli lavozimlariga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 18 400 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, shundan 21 nafar fuqaroning 13 300 AQSH dollarini qaytarmasdan kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan YU.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “v” bandlari va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.