Infografika

Miting va namoyishlar qayerda oʻtkazilishi mumkin?

Oʻzbekistonda miting va namoyishlar oʻtkazish tartibini belgilovchi yangi qonun loyihasi muhokamaga chiqarildi. Batafsil infografikamizda tomosha qiling.

Bir necha kun oldin IIV va Bosh prokuratura tomonidan Oʻzbekistonda miting va namoyishlar oʻtkazish tartibini belgilovchi yangi qonun loyihasi muhokamaga chiqarilgan edi.

Yangi qonun loyihasi ushbu sohada oldin amal qilgan barcha qonunlardan ustun boʻlib, oldingi normativ-huquqiy aktlar unga moslashtirilishi belgilangan. 

Yangi qonun loyihasiga koʻra, mitinglar maʼmuriy binolar, sudlar, bekatlar va boshqa muhim jamoat obʼyektlaridan kamida 300 metr uzoqlikda oʻtkazilshi mumkin. Namoyishlar davomiyligi 2 soatgacha boʻlishi mumkin. 

Namoyish oʻtkazish uchun tashkilotchilar 15 kun oldin ariza berishlari kerak. 

Namoyishda 16 yoshdan kichik oʻsmirlar ishtirok etishi, alkogol yoki narkotik moddalar taʼsirida qatnashish taqiqlanadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala