TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Braziliyada mahalliy aholi ulkan anakonda boʻgʻib, yutmoqchi boʻlgan alligatorni qutqardi, deb xabar berdi NDTV.
Videoda anakondaning timsohni oʻrab olgani va uni yutmoqchi boʻlgani aks etgan.
Ê CAROÇO! 😳
— Manaus POP A 911🏳️🌈 (@manaus_pop) August 17, 2020
Uma sucuri foi flagrada tentando engolir um jacaré na área de um condomínio na Ponta Negra. 🐍🐊 pic.twitter.com/d3JlCQm3Ey
Guvoh Dernando Raysning soʻzlariga koʻra, odamlar xavfli hayvonlarni arqon bilan aholi punktidan sudrab chiqishdi. Ular yirtqichlarni ajratib olishga ham muvaffaq boʻlishdi.
Video ijtimoiy tarmoqda tezda tarqalmoqda. Baʼzi foydalanuvchilar tabiiy jarayoniga guvohlar aralashganidan norozilik bildirgan.