Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Namanganda kichik kelin katta kelinni bir koʻzidan mahrum qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishSkoraya pomoщ
Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Xabar qilinishicha, 24 yoshli kichik kelin 29 yashar kelin oʻrtasida uydagi yumushlar tufayli janjal yuzaga kelgan.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Namanganda bir oilada maishiy mojaro tufayli kichik kelin kattasiga ogʻir tan jarohati yetkazdi. Ovsinlar jangi natijasida ayollardan biri koʻzidan mahrum boʻldi, deb xabar bermoqda IIV matbuot-xizmati.

Draka - Sputnik Oʻzbekiston
Ajal oʻyini: Surxondaryoda voyaga yetmagan bolani tengdoshi tepib oʻldirdi

Xabarda aytilishicha, 24 yoshli kichik kelin 29 yashar kelin oʻrtasidagi janjal hamma uydaligida, kechki vaqt yuz bergan.

Mojaro davomida katta kelin kichik kelinning nafsoniyatiga tegadigan gaplar aytib, uyiga kirib ketgan. Haqoratlangan kichik kelin uning ortidan borib, uyiga (tanballangan) eshik orqali kira olmagach, derazadan kirishga uringan. Deraza oynasini sindirib, katta kelinning sochidan tortayotgan mahalda katta kelinning koʻzi qonab ketgan.

Natijada, katta kelinda oʻng koʻz olmasi va quloqlarini teshib oʻtgan jarohat aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala