Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Oʻzbekiston sentyabrdan boshlab qator davlatlar bilan avia-parvozlarni tiklamoqchi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya, BAA, Belarus va Qozogʻiston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati ayni vaqtda Turkiya, BAA, Belarus va Qozogʻiston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi koʻrib chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Transport vazirligi matbuot-xizmati.

Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston toifalarga ajratilgan avia-reyslar roʻyxatini tasdiqladi

"...ayni damda Turkiya, BAA, Belarus va Qozogʻiston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi koʻrib chiqilmoqda. Bunda epidemiologik vaziyat notinch boʻlgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yoʻlovchilardan Covid-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatgich ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etish talab etiladi. Maʼlumotnoma ingliz yoki rus tillarida boʻlishi lozim", - dedi vazirlik matbuot-xizmati vakili.

"Sariq" hududdan keluvchi yoʻlovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi maʼlumotnomasini taqdim etishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala