Jamiyat

Toshkentda metro uch kun bepul boʻladi

© Press-slujba prezidentaStantsiya tashkentskoy koltsevoy linii metro
Stantsiya tashkentskoy koltsevoy linii metro - Sputnik Oʻzbekiston
31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari poytaxt aholisi va mehmonlari metrodan bepul foydalanishlari mumkin.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. “Toshkent metropoliteni” UK Mustaqillik bayramiga yoʻlovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Jumladan, bayram kunlari, yaʼni 31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji boʻlgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent yer usti halqa metrosi birinchi bosqichi ishga tushgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala