Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

AQShdagi tartibsizliklarni faqat kuch ishlatish bilan toʻxtatish mumkin - Tramp

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishPress-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt
Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik Oʻzbekiston
AQShda qora tanli fuqaroning oʻlimidan soʻng boshlangan tartibsizliklar haligacha davom etmoqda. Prezident ularni toʻxtatish uchun kuch ishlatishga tayyor.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. AQShning demokratlar tomonidan boshqaralayotgan shaharlarda zoʻravonlikni toʻxtatishning yagona yoʻli bu kuch ishlatishdir. Bunday fikrni AQSH prezidenti Donald Tramp tvitterda bildirdi.

"Demokratlar tomonidan boshqariladigan, jinoyatchilik darajasi yuqori shaharlarda zoʻravonlikni toʻxtatishning yagona yoʻli - bu kuch ishlatishdir!" - deb yozdi Amerika yetakchisi.

Oldinroq Tramp Amerikaning Portlend shahridagi tartibchizliklar fonida shahar meri Ted Uilerni namoyishchilarning harakatlarini qoralab, shaharga Milliy gvardiyani kiritishga chaqirdi.

Portlendda norozilik va tartibsizliklar uch oydan beri davom etmoqda. Vaqti-vaqti bilan politsiya sodir boʻlayotganlarni isyon deb nomlab hibsga olishlarni amalga oshirmoqda. Portlend va AQShning boshqa bir qator shaharlaridagi tartibsizliklar Minneapolisda afroamerikalik Djorj Floyd politsiya xodimlari tomonidan oʻldirilganidan keyin boshlandi.

AQShda 3 noyabr kuni prezident saylovlari boʻlib oʻtadi. Tramp va vitse-prezident Mayk Pens demokratlar nomzodi Djo Bayden va  vitse-prezidentlikka daʼvogar Kamala Xarris bilan toʻqnash kelishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala