Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Rossiya FXX ISHID* uchun pul yiqqan guruhni qoʻlga oldi

© FSB RF / Fotobankka oʻtishSotrudniki FSB
Sotrudniki FSB - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning bir necha hududida “Islom davlati”* jangarilari uchun pul toʻplagan olti kishidan iborat guruh qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiyada olti kishi “Islom davlati”* jangarilari uchun pul toʻplaganlik uchun qoʻlga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) matbuot xizmati xabar qildi.

“Moskva, Moskva viloyati, Dogʻiston Respublikasi, Krasnoyarsk oʻlkasi va Xanti-Mansiyk avtonom okrugi hududida ID* ehtiyoji uchun mablagʻ yigʻish va uni joʻnatishni amalga oshirgan yashirin yacheykaning jinoiy faoliyatining oldini olish amaliyoti oʻtkazildi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Antiterroristicheskiye ucheniya spetsnaza UFSB i UMVD Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
FXX Moskvadagi teraktning oldini oldi

Qoʻlga olinganlardan aloqa vositalari va toʻlov vositalari musodara qilingan. Tergov maʼlumotiga koʻra, ular Suriyadagi ISHID* jangarilarini moliyalashtirish uchun mahkum qilingan jinoiy guruh aʼzolari bilan aloqasi boʻlgan.

Rossiya Tergov qoʻmitasining xabariga koʻra, qoʻlga olinganlar 2016 yildan 2017 yil iyun oyigacha terrorchilarni moliyalashtirish bilan shugʻullanishgan. Jami ular kamida yarim million rubl toʻplashgan.

Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

* “Islom davlati” (ID, ISHID) – Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala