Tetik, sogʻlom va faol: Rossiyaning koronavirus vaktsinasi keksalarda sinovdan oʻtdi

© RFPI i tsentra imeni Gamalei / Mediabankka oʻtishPervaya v mire vaktsina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayni paytda, preparat barcha ruxsatnomalarni olgan va 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan koʻngillilarda tadqiqotlarning ikki bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazining keksa xodimlari COVID-19ga qarshi emlandilar. Ular oʻzlarini yaxshi his qilishmoqda, deya taʼkidlaydi rossiyalik olimlar.

Sotrudnik laboratorii Nauchno-issledovatelskogo instituta skoroy pomoщi imeni N. V. Sklifosovskogo derjit konteynerы s biomaterialom dlya proverki na nalichiye novoy koronavirusnoy infektsii. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshib ketdi

"10-15 kishi, undan kam emas. Ularning barchasi tetik, sogʻlom, faol, maʼruzalar oʻqib, bemorlarni boshqarishmoqda, sport bilan shugʻullanmoqdalar. Vaktsinatsiya ularga hech qanday taʼsir koʻrsatmadi", — dedi RIA Novostiga Gamaleya markazi direktori Aleksandr Gintsburg.

U bir necha oy oldin koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan oʻtganini va oʻzini yaxshi his qilayotganini taʼkidladi. Aytgancha, uning yoshi 68da.

Gintsburgning aytishicha, vaktsina roʻyxatdan olingandan keyingi sinovlardan oʻrin olgan masalalardan biri tadqiqotlar va yoshi 60, 70, 80dan oʻtgan koʻngillilarda sinovlarni oʻtkazishdan iborat. Ularni moskvaliklar orasidan saralashadi.

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaktsinu ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusga qarshi vaktsinaning "foydasi yoʻqligiga" ishonmang - BSST

"Umid qilamanki, sizga hozir aytganlarim rasman tasdiqlanadi va vaktsina 70, 80 yoshdagi va hatto undan yuqori boʻlgan yosh toifasiga ega odamlar orasida qoʻllanilish uchun ruxsatnomaga ega boʻladi", — dedi olim.

Ayni vaqtda preparat barcha ruxsatnomalarni olgan va 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan koʻngillilarda ikki bosqichdagi tadqiqotlarni muvaffaqiyatli oʻtgan.  Natijada immun javob va SARS-CoV-2ga antitanachalar shakllangan.

Roʻyxatdan olingandan keyingi klinik sinovlar fazasi ushbu haftada start olmoqda: vaktsina 40 ming kishida tekshiriladi.

Aleksandr Gintsburgning aytishicha, ushbu bosqichdagi ishtirokchilar ortidan shifokorlar qatʼiy nazorat olib boradilar: ularni gospitalizatsiya qilishmaydi, ammo tadqiqotlar oldidan/vaqtida/keyin boʻlgan barcha tahlillar olinadi. Shuningdek, koʻngillilar oʻzlarida noxush oʻzgarishlar yuz beradigan boʻlsa u haqda tibbiyot xodimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xabar berishlari mumkin boʻlishi uchun, elektron monitoring oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Sotrudnitsa laboratorii provodit ispыtaniya vaktsinы ot COVID-19 v tsentre epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasini 27ta davlat xarid qilishni istayapti

Koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi

Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi koʻmagida Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Preparat "Sputnik-V" nomini oldi.

Hozirda 20dan ortiq mamlakatlardan "Sputnik-V" vaktsinasiga milliard dozada talab kelib tushgan. Rossiya beshta mamlakatda preparatni ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishdi. Mavjud quvvatlar yiliga besh yuz million dozagacha vaktsina ishlab chiqarish imkoniga ega.

Yangiliklar lentasi
0