Qandli diabet paydo bo‘lishining asosiy sababi aniqlandi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishLetniy otdix v Sochi.
Letniy otdix v Sochi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diabet kasaliga olib keluvchi asosiy sabab aniqlandi. Britaniya va Italiya olimlari aniqlashiga ko‘ra ushbu kasallik rivojlanishiga genetik moyillikdan ko‘ra ortiqcha vazn ko‘proq ta’sir qilar ekan.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Ortiqcha vazn diabet rivojlanishining asosiy sababidir, vazn tashlash esa buning oldini olishi yoki diabetni butunlay yengishi mumkin. 

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti Hamda Italiyaning Milan universiteti mutaxasislari ana shunday xulosaga kelishdi.

Olimlar o‘rtacha yoshi 57,2 bo‘lgan 445 765 kishining biologik ma’lumotlarini tekshirib chiqishdi. Ikkinchi turdagi diabet rivojlanishi 6,9 million genlarni analiz qilish asosida hamda tana og‘irligi indeksi asosida aniqlandi.

Diabet o‘zbekcha - Sputnik O‘zbekiston
Qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak?

Olimlar barchani 5 guruhga bo‘lishdi: genetik jihatdan kasalikka moyil bo‘lganlar va tana og‘irligi indeksi bo‘yicha  kasalikka moyil bo‘lganlar.

Tajriba ishtirokchilari 65,2 yoshgacha kuzatuv olib borildi. Ushbu vaqt ichida 31 298 kishida ikkinchi turdagi diabet kasali rivojlandi. Shu bilan birga, tana og‘irlik indeksi yuqori bo‘lgan fuqarolarda diabet rivojlanish ehtimolligi 11 marotaba yuqori bo‘lgan. Ya’ni ortiqcha vazn diabet rivojlanishiga odamning genetik moyilligidan ko‘ra muhimroq faktor bo‘lgan. 

Olimlar xulosasiga ko‘ra, aksariyat hollarda tana og‘irlik indeksini muayan darajada ushlab turish orqali diabet rivojlanishini oldini olish mumkin. Buning uchun tana og‘irlik indeksi qonda shakar miqdori keskin ko‘payishi darajasiga yetmasligi kerak. Agar diabetning dastlabki bosqichlarida, kasallik tanaga qaytarib bo‘lmas shikast yetkazmasdan oldin vazn tashlansa - diabetni orqaga qaytarish ham mumkin. 

Tana og‘irlik indeksi (TOI) - quyidagi  formula bo‘yicha hisoblanadi:   

m — tana og‘irligi 
h — bo‘y uzunligi 
kg/m² - o‘lchov birligi

Masalan: og‘irlik 75 kg, bo‘y = 174 sm.  TOI=75: (1,74×1,74) ≈ 24,77 kg/m²

Tana og‘irlik indeksi normalari:

16 - 25 kg/m²  - juda kam va kam 

25 - 30 kg/m²  - norma 

30 - 35 kg/m²  - semizlikning birinchi bosqichi 

35 kg/m² dan yuqori - semizlik 

Yangiliklar lentasi
0