Jamiyat

Rossiyaliklarning necha foizi oʻzini vatanparvar hisoblaydi - soʻrov natijalari

© Sputnik / Alexey Danichev / Fotobankka oʻtishSportsmenы sbornoy Rossii po gidroflayu otkrыvayut prazdnovaniye Dnya Rossii podnyatiyem flaga na Petrovskoy kose v Sankt-Peterburge
Sportsmenы sbornoy Rossii po gidroflayu otkrыvayut prazdnovaniye Dnya Rossii podnyatiyem flaga na Petrovskoy kose v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Umumrossiya telefon soʻrovi 18 yosh va undan katta boʻlgan RF fuqarolari orasida 31 iyul sanasidan 2 avgust sanasiga qadar oʻtkazilgan. Soʻrovda 1000 nafar respondentlar ishtirok etgan.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Rossiyaliklarning aksariyati - 80%dan ortigʻi - oʻzini vatanparvar, deb hisoblaydi. "Jamoatchilik fikri" fondi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari shuni koʻrsatmoqda.

Urojenets Pandjshera Ibragim Arifi o minuvshey 30-letney istorii Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Afgʻonlar vatanparvarlikni yoʻqotishgan: urushdan keyingi moʻrt tinchlik haqida hikoya - video

Fond maʼlumotlariga koʻra, respondentlarning 82%i oʻzini patriotlar safiga qoʻshadi, soʻrovda ishtirok etganlarning 14%i oʻzini bunday hisoblamasligini maʼlum qilgan.

Xususan, 69% rossiyaliklar oʻz ona vatani tarixini bilmaydigan odam vatanparvar boʻlolmaydi, deya taʼkidlashmoqda. Shu bilan bir vaqtning oʻzida soʻrov ishtirokchilarining 26%i aksincha hisoblaydi. Bundan tashqari, 71% respondentlar armiya xizmatidan qochgan odam vatanparvar boʻlolmaydi, deya oʻylaydi, 23 foiz respondentlar esa boshqacha fikrda.

Umumrossiya telefon soʻrovi 18 yosh va undan katta boʻlgan RF fuqarolari orasida 31 iyul sanasidan 2 avgust sanasiga qadar oʻtkazilgan. Soʻrovda 1000 nafar respondentlar ishtirok etgan. Xatolik 3,8%dan oshmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala