Iqtisod

Oʻzbekiston Tojikistonga gaz eksportini toʻxtatdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye Bыstritskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti
Otkrыtiye Bыstritskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston rasmiylari Oʻzbekiston va Qozogʻiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatishgani xabar qildi.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Oʻzbekiston yil oxiriga qadar Tojikistonga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishni toʻxtatdi. Bu haqida Sputnik Tojikistonga qoʻshni respublika Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi raisi Abdulmadjid Muminzoda xabar qildi. 

Moʻminzoda aytishiga koʻra, ayni damda Qozogʻiston ham sentyabr oxiriga qadar Tojikistonga gaz yetkazib berishni toʻxtatgan.

Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Tojikistonga uch oy ichida 4,5 million kub metr gaz eksport qildi

Tojikiston Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi xabariga koʻra, Tojikiston tabiiy gazni asosan Qozogʻistondan sotib oladi (92,3 %) va biroz Oʻzbekistondan (7,4%). Shuningdek Rossiyadan ham isteʼmolning 1%dan kam miqdorda tabiiy gaz sotib olinadi. 

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning yanvar oyida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2025 yilga kelib Oʻzbekiston tabiiy gaz eksportini butunlay toʻxtatadi. Qazib olinayotgan barcha gar respublika ichida qayta ishlanadi, degan edi. 

Shuningdek, "Oʻztransgaza" rahbari Ulugbek Sayidov ham tabiiy gazdan birinchi navbatda Respublika ichki bozorida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanish afzalligini aytib oʻtgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan majlislardan birida, koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda uglevodorodlarga talab kamayishi tufayli Oʻzbekiston tabiiy gaziga boʻlgan ehtiyoj ham 3 baravar kamaygani qayd etilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala