Jamiyat

Oʻzbekistonda qoʻsh familiyalikka ruxsat berildi

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnыe koltsa
Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston
Kelin-kuyovlar oʻz familiyalarini birgalikda ishlatishni istasa - bundan buyon ular qoʻsh familiya olishi mumkin.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Bundan buyon Oʻzbekistonda qoʻsh familiyalikka ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda Davlat xizmatlari agentligi. 

"Endilikda nikohlanuvchilarga qoʻshfamiliyalikka ruxsat etiladi. Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova boʻlsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova boʻlishi mumkin", - deyilgan xabarda.  

Maʼlumot uchun, Yevropa jamiyatida, qoʻsh familiya olish holatlari koʻpincha ikki mashhur oila vakillari nikoh qurganda sodir boʻladi. Chunki har ikkala oila ham oʻziga yarasha mashhur va oʻziga yarasha hurmatga ega boʻlgani tufayli, ularning vakillari oʻz oilasi erishgan ushbu "obroʻy"ni yoʻqotishni yoki almashtirishga rozi boʻlmaydilar.  

Rossiyada ham qoʻsh famiyali olish holatlari uchrab turadi. Biz bilgan taniqli shoir, yozuvchi va kompozitorlar orasida quyidagilar bor: Saltыkov-Щedrin, Lebedev-Kumach, Nemirovich-Danchenko, Mikluxo-Maklay (sayohatchi), Rimskiy-Korsakov va boshqalar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala