Sport

"Nega yutqazdik?": Oʻzbekistonga yutqazgach, Tojikiston termasi murabbiyi tanqid ostida qoldi

© AFCSbornaya Uzbekistana po futzalu obыgrala Tadjikistan
Sbornaya Uzbekistana po futzalu obыgrala Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Terma jamoa magʻlubiyatidan soʻng jamoatchilik bosh murabbiy Usmon Toshevning lavozimda qolishi qanchalik maqsadga muvofiqligi haqida savollarni yoʻllay boshlagan. 

TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Tojikiston milliy termasi Toshkentda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston jamoasiga 1:2 hisobda oʻyinni boy berdi. Tojikistondan yagona golni ikkinchi taymda maydonga tushgan Zoir Joʻraboyev darvozaga yoʻllagan.

Myach - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonda "Bosh vazir kubogi-2020" futbol musobaqalari start olmoqda

Terma jamoa magʻlubiyatidan soʻng jamoatchilik bosh murabbiy Usmon Toshevning lavozimda qolishi qanchalik maqsadga muvofiqligi haqida savollarni yoʻllay boshlagan. 

"Qanday boʻlmasin, boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuv natijalarini bizning jamoamiz rahbari sifatidagi faoliyati yakunlari sifatida baholamaslik lozim. Axir uzoq vaqt davomida terma jamoani yigʻishning imkoni boʻlmadi, shu bois hozirgi sharoitlarda oʻrtoqlik uchrashuvining oʻtkazilganini oʻta shohona sovgʻa sifatida qabul qilmoq lozim", - deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Nashr taʼkidiga koʻra, soʻngi vaqtlarda Tojikiston termasi uchun oʻsish stimuli mavjud emas, faqatgina JCH-2022 saralash bosqichida bir amallab oʻynab olsa boʻldi, u ham agar futbol uchrashuvlari koronavirus pandemiyasi vaqtida qayta tiklanadigan boʻlsa, albatta.

"Usmon Toshev bilanmi, yoki u siz, farqi yoʻq, uchrashuvlarni boshni baland koʻtargan holda oxirigacha oʻynab tugatish lozim", - deyiladi xabarda. Keyin nima boʻlishi esa - nomaʼlum.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy jamoasining Toshkentda Tojikiston milliy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi 3 sentyabr kuni "Lokomotiv" stadionida boʻlib oʻtgan edi. Oʻzbekiston termasi 1:1 hisobdan keyin, penalti evaziga Tojikiston jamoasi ustidan gʻalaba qozonishga muvaffa boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala