Video

Toshkent yer usti halqa metrosi ishga tushdi – video

Toshkent yer usti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurgan edi.

"Doʻstlik-2" bekatidan "Qoʻyliq" bekatigacha boʻlgan mazkur yoʻnalish uzunligi 11 kilometr boʻlib, 7 ta bekat barpo etilgan.

Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Ushbu yoʻnalish kuniga 46 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Bekatlar milliy kolorit asosida, oʻziga xos dizaynda qurilgan. Ular yoʻlovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yoʻl kira haqini elektron toʻlash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan. 225 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala