Jamiyat

Dezinfektsiya tunnellarini umuman foydasi boʻlmadi deb baholash xato fikr – shtab aʼzosi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDezinfitsiruyuщiy tonnel pered vxodom na jeleznodorojnыy vokzal v Tashkente
Dezinfitsiruyuщiy tonnel pered vxodom na jeleznodorojnыy vokzal v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Rustam Ikromov dezinfektsiya tunnellari borasida fikr bildirdi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda oʻtkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Rustam Ikromov dezinfektsiya tunnellari borasida fikr bildirdi.

“Dezinfektsiya tunnellarni umuman foydasi boʻlmadi deb baholash xato fikr”, - dedi u.

Vo vsex rыnkax pri vxode ustanovlenы dezinfektsionnыe tunneli dlya posetiteley - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
SSV: dezinfektsiya tunnellari – koronavirusga qarshi eng foydasiz chora

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, birgina oʻtkir ichak yuqumli kasalliklarini 2019 yil 6 oyligiga nisbatan joriy yil shu davrida 61 foizga kamayganligi, virusli gepatit “A” turi 76 foizga kamayganligini oʻzi ushbu dezinfektsiya choralarini yuqumli kasalliklarning tarqalishida oʻrin tutganligini bildiradi.

“Bugungi kunga qadar dezinfektsiya tunnellarini koronavirusga qarshi taʼsir samarasi qaysidir mamlakat tomonidan oʻrganilganligi toʻgʻrisida rasmiy maqolalar chop etilmagan”, - deya qoʻshimcha qildi Ikromov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi dezinfektsiya tunnellarini koronavirusga qarshi eng foydasiz chora deb atab, bunday tunnellarning inson organizmiga zararli tomonlari borligini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0