Qayerdadir bezdirgandirman - Lukashenko o‘z xalqining unga munosabati haqida

Obuna bo‘lish
Belarus yetakchisi, o‘z rahbarligi davrida mamlakat uchun amalga oshirgan ishlarning qadriga yetmayotgan odamlardan "ranjiganini" ta’kidladi.

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko "Belaruslarning joniga tegib ketgan bo‘lishi mumkinligini" istisno etmadi. Ammo shunday bo‘lsada. aksariyat odamlar u uchun ovoz berishdi. Lukashenko Rossiya telekanallariga intervyusida shunday deya bayonot qilgan, intervyu matni Sputnik radiosi tasarrufiga kelib tushgan.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Navalniy haqidagi audioyozuvning e’lon qilinmagan qismi borligini ma’lum qildi

"Men bizning qo‘llarimiz bilan yaratilgan narsani himoya qilishim, bu narsalarni yaratgan odamlarni va mana bu ko‘pchilikni, Margarita (Sputnik, RT va "Rossiya segodnya" XAA bosh muharriri Margarita Simonyan, – tahr.) aytganidek, men uchun ovoz bergan, meni har kuni dazmolda, televizorda va muzlatgichda ham ko‘rishni istaydigan insonlarni himoya qilmog‘im lozim. Ehtimol, qayerdadir ular bezgandir ham, lekin ular meni qo‘llab-quvvatladi. Men hozir shu bilan yashayapman", - deya ta’kidladi Lukashenko.

Belarus yetakchisi, shuningdek, u o‘z rahbarligi davrida mamlakat uchun amalga oshirgan ishlarning qadriga yetmayotgan odamlardan "ranjishini" ta’kidladi.

Bundan tashqari, u Belarusda ro‘y berayotgan hodisalardan "ranjishini", ammo bu holat u hamma narsaga qo‘l siltaganini anglatmasligini aytdi. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u vaziyatga falsafiy yondashmoqda.

"Qachonlardir u (Xudo, – tahr.) meni chaqirib oladi", – dedi u.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, u o‘zi boshqarayotgan mamlakatdan tashqari hech vaqoga ega emas, Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenko singari milliardlab mablag‘lari yo‘q.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyorligini bildirdi

"Axir bizda ham shunday burchaklar bor. Rossiyada ham, sovet vaqtidan qolgan, oq-qora narsalar. Men ularni tartibga keltirdim. Men avtomatni qo‘lga olganim sabablaridan biri ham shunda… Men uni har qandayiga himoya qilishni istaganim uchun emas bu. Axir men shundan boshqa hech vaqoga ega emasman. Tushunyapsizmi, agar cho‘ntagimda bir necha milliard bo‘lganida edi, ehtimol, men ham Poroshenkoga o‘xshab yo‘l tutardim. Bu mubolag‘a, albatta, lekin men ba’zan shunday deb o‘ylayman. Lekin menda bu milliardlar yo‘q. Shu bois, men qo‘rqmayman", - dedi Lukashenko Rossiya telekanallariga bergan intervyusida.

Lukashenkoning fikricha, uning rahbarligida Belarusi "katastrofik tarzda o‘zgargan, bu mutlaqo boshqa mamlakatga aylangan". Lukashenko o‘zining qishloq odami ekanligi, dehqonligi va sunbula burjiga mansubligi uchun "hamma joyda tartib bo‘lishini" yoqtirishini aytdi.

Mi perexvatili interesniy razgovor: Lukashenko zayavil o falsifikatsii otravleniya Navalnogo - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko o‘z lavozimida "biroz ko‘p qolib ketganini" tan oldi

Belarusdagi protest aksiyalari

Belarusdagi ommaviy protestlar 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning o‘zi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yo‘l oldi.

Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0