Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani tushirdi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovZdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Pandemiya sharoitida iqtisodni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Markaziy Bank asosiy stavkani 1%ga kamaytirdi.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki Asosiy stavkani 1%ga pasaytirib, yillik 14 % darajasida belgiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Bank xabariga koʻra, ushbu chora pandemiya sharoitida iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash: ichki talabni va kreditlar miqdorini oshirish hamda inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan. 

Yil yakuni boʻyicha inflyatsiya prognozi 11-12,5 % darajasida oʻzgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflyatsiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda.

Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli koʻrsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi.

Markaziy bank xabari bilan batafsil quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0