Migratsiya

Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qoʻllaniladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishSistema raspoznavaniya lits v moskovskom metro
Sistema raspoznavaniya lits v moskovskom metro - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Ichki ishlar vazirligi nomaqbul chet elliklarni aniqlash uchun yuzni tanib olish tizimini ishga soladi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya IIV nomaqbul chet elliklarni aniqlash uchun yuzni tanib olish tizimini ishga soladi, ularning barchasi cheklovlar olib tashlangandan soʻng mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda “Rossiya segodnya” XAAdagi matbuot anjumanida Rossiya IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi Valentina Kazakova maʼlum qildi.

Pasport Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyada chet elliklarning ishga joylashishi va pasport olishi soddalashtiriladi

“Agar sunʼiy intellekt haqida gapiradigan boʻlsak, biz haqiqatdan uni qoʻllaymiz. Bu yuzni tanib oluvchi tizim. Qonunchilikni buzayotgan va ularning mamlakatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorga qaramasdan Rossiya hududini tark etmayotgan chet el fuqarolari toifasi bor. Bunday holatda yuzni tanib olish tizimi ularni va ularning yashash joyini aniqlaydi. Biz ularni Rossiya hududidan chiqarib yuborish uchun chora koʻramiz”, - dedi Kazakova.

U Rossiyada koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan moratoriy tufayli nomaqbul chet elliklarda cheklovlar olib tashlangandan keyin mamlakatdan chiqarib yuborlishini maʼlum qildi.

“Hozirda biz bu maʼlumotlarni toʻplamoqdamiz va cheklovlar olib tashlanishi bilanoq, biz bu texnologiyalarni qoʻllaymiz, yashash manzillarni aniqlaymiz va qonunbuzarlarni Rossiyadan chiqarib yuboramiz”, - dedi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala