Iqtisod

Birinchi yarim yillikda byudjet xarajatlari 20%ga oshdi - moliya vaziri

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSenat Oliy Majlisa Uzbekistana
Senat Oliy Majlisa Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlari hamda Sardoba suv omborida sodir boʻlgan tabiiy ofat oqibatlari tufayli - davlat byudjeti xarajatlari 1,2 baravar oshdi.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasning davlat byudjeti xarajatlari 2020 yilning birinchi yarmida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20%ga oshdi. Bu haqida bugun Senatda boʻlib oʻtgan majlisda Oʻzbekiston moliya vaziri axborot berdi. 

"Davlat byudjetining 2020 yil birinchi yarim yilligi xarajatlari 64,9 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan", - deyilgan xabarda. 

Hisobotdan maʼlum boʻlishiga koʻra, davlat byudjeti xarajatlari oshishiga Sardoba suv omboridagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish (500 mlrd.), Buxoro viloyatida sodir boʻlgan tabiiy ofat tufayli yetkazilgan zararni qoplash (162 mlrd.)  hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi boʻlgan. 

Byudjet xarajatlarning eng katta qismi - koronavirus tarqalishiga qarshi koʻrilgan chora-tadbirlar boʻlgan. Xususan ushbu maqsadda 2020 yilning 1 iyuliga qadar Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 5,6 trln. soʻm miqdorida mablagʻ sarflangan. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala