Hodisalar

Bulungʻurda yoʻlda mast yotgan yosh yigitni mashina bosib ketdi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Samarkandskoy oblasti avtomobil sbil 20-letnego pyanogo parnya, lejavshego na doroge
V Samarkandskoy oblasti avtomobil sbil 20-letnego pyanogo parnya, lejavshego na doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Haydovchi yoʻlning oʻrtasida mast holda choponga oʻranib yotgan 20 yoshli A.E.ni ustidan bosib oʻtgan. YTH oqibatida yosh yigit shifoxonada vafot etgan.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida  yoʻlda yotgan 20 yoshli yigitni “Neksiya” bosib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

DTP v Djizzake - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jizzaxda Lacetti katta tezlikda avariya sodir qildi va yonib ketdi

Hodisa 11 sentyabr kuni soat 5:30 larda tuman hududidan oʻtgan 4M 503 avtomobil yoʻlining 4-kilometrida sodir boʻlgan. 30 yoshli “Neksiya” avtomobili haydovchisi M.A. yoʻl qatnov qismining oʻrtasida mast holda choponga oʻranib yotgan piyoda 20 yoshli A.E.ni ustidan bosib oʻtgan.

Natijada 20 yoshli A.E. ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala