Jamiyat

COVID-19: Oʻzbekistonda qurbonlar soni 390 nafarga yetdi

Oʻzbekistonda soʻnggi yetti soat ichida koronavirusga chalingan yana ikki bemor hayotdan koʻz yumdi. Ularning har ikkisi poytaxtlik.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda yana ikki nafar koronavirusga chalingan fuqaro vafot etdi. Ularning umumiy soni 390 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar 47 mingdan oshdi

“Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

13 sentyabr soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda aniqlangan koronavirus holati 47 287 (+245) taga yetgan.

Yangi kasallanganlarning  231 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari esa Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 43 866 (+355) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3 031 nafar davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala