Ukrainada Zelenskiyni kuch bilan ag‘darib tashlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda – Rada deputati

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rada deputati Vladimir Zelenskiyni kuch bilan ag‘darib tashlash jarayoni boshlangani, buning ustida sobiq prezident Potr Poroshenko jamoasi ish olib borayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Ukrainada prezident Vladimir Zelenskiyni kuch bilan ag‘darib tashlash jarayoni boshlandi, buning ustida sobiq prezident Potr Poroshenko jamoasi ish olib bormoqda. Bu haqda “Muxolifat partiyasi – Hayot uchun” partiyasidan Rada deputati Renat Kuzmin Zik telekanali efirida ma’lum qildi.

Vstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassislar Zelenskiy prezidentligining birinchi yilini sarhisob qildilar

“Davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ham kuch tuzilmalarida, jumladan, ham armiyada amaldagi prezidentdan norozi va ular uchun qulay fursatda davlat to‘ntarilishiga qo‘shilishga tayyor bo‘lgan yetarlicha katta guruh mavjud”, - dedi deputat.

Kuzminning taxmin qilishicha, sobiq prezident fraksiyasi tez orada amaldagi hokimiyat xatti-harakatlarini tekshirishga oid tergov komissiyasini tuzish uchun “soxta imzo to‘plashni” uyushtiradi, muvafaqqiyatsizlikka uchragach, amaldagi parlamentni layoqatsizlikda ayblaydi va odamlarni ko‘chaga chiqishga chorlaydi.

Yangiliklar lentasi
0