TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekistonning ayrim hududlarida zilzila sodir boʻldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, zilzila 13 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 05:13 da sodir boʻlgan.
Zilzila koordinatalari: 40,83 gradus shimoliy kenglik; 71,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 6 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 211 km janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha.
Zilzila Oʻzbekiston hududida:
Namangan : 19 km, 3 ball.
Andijon : 57 km, 2 ball.
Fargʻona : 51 km, 2 ball.