Hodisalar

Bosh prokuratura Jizzaxda dars paytida toʻsatdan vafot etgan oʻquvchi haqida bayonot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki maʼlumotga koʻra, marhumaning oʻlimiga oʻtkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Bosh prokuratura Jizzaxda dars paytida toʻsatdan vafot etgan oʻquvchi haqida bayonot berdi.

Taʼkidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shkola - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jizzaxda 9-sinf oʻquvchisi dars paytida toʻsatdan vafot etdi

Marhumaning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, marhumaning oʻlimiga oʻtkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab boʻlgan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabida oʻquv yilining ilk kunida 9-sinf oʻquvchisi dars vaqtida toʻsatdan vafot etganligi haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala