Jamiyat

Denovda ochilgan 9 ta maktab yana faoliyatini toʻxtatdi

© AFP / FRANCK FIFEShkola
Shkola - Sputnik Oʻzbekiston
Maktablar faoliyati toʻxtatilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolari soni oshgani sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi yangi oʻquv yilida oʻquvchilar uchun eshigini ochgan 9 ta maktab yana faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktablar yopilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgani sabab boʻlgan.

Shkola - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentdagi ikkita maktab karantinga yopildi

Tumanda bosqichma-bosqich anʼanaviy tarzda oʻz faoliyatini boshlagan umumiy oʻrta taʼlim maktablari pandemiya sharoiti barqarorlashguniga qadar quyidagi maktablar faoliyati toʻxtatiladi: 27, 50, 52, 55, 96, 42, 46, 53, 24-maktab.

Ushbu maktablar faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar oʻquvchilar onlayn tarzda, yaʼni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashgʻulotlarini amalga oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentdagi ikkita maktab ochilganidan ikki kun oʻtib oʻqituvchilarda koronavirus aniqlangani bois karantinga yopilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala