Siyosat

Putin BMT Bosh Assambleyasi uchun murojaatni bugun yozadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Joriy yilda karantin cheklovlari tufayli debatlarni oldindan yozilgan videochiqishlar formatida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni BMT Bosh Assambleyasi uchun murojaat yozadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Kreml matbuot-xizmatiga tayanib.

Budda v zaщitnoy maske na graffiti v Mumbaye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
BMT COVID-19ni tashkilot tarixidagi eng ulkan muammolardan biri deb tan oldi

Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasi birinchi kunida tadbir ishtirokchilariga video orqali murojaat qiladi, deb xabar bergandi bir oz avval RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Oliy darajadagi haftalik 22 sentyabrdan 29 sentyabrgacha boʻlgan kunlar oraligʻida boʻlib oʻtadi.

Joriy yilda karantin cheklovlari tufayli debatlarni oldindan yozilgan videochiqishlar formatida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

"Sessiyaning yubiley xarakterini hisobga olgan holda mamlakatimiz delegatsiyasiga RF prezidenti rahbarlik qiladi, u tadbirning birinchi kunida videomurojaat qilishi kutilmoqda", - deb maʼlum qilgan Zaxarova.

Putinning murojaatidan soʻng RF TIV rahbari Sergey Lavrovga delegatsiya rahbari vazifalari yuklatiladi.

Yangiliklar lentasi
0