Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston yangi avtotransport yoʻnalishlarini ochishni muhokama qildi

© © Sputnik / Amir IsayevTaksistы na granitse mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom, arxivnoye foto
Taksistы na granitse mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida yangi avtotransport yoʻnalishlari ochilishi mumkin. Ikki davlat mutasaddilari ushbu masalani muhokama qildi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Dushanbe shahrida Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim va Oʻzbekiston transport vaziri birinchi oʻrinbosari Ilhom Mahkamovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tojikiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi transport aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan. 

Taʼkidlanishicha, uchrashuvda ikki doʻst va qardosh mamlakatlar oʻrtasida yoʻlovchilar va yuk tashishni koʻpaytirish masalalari koʻrib chiqilgan.

“Xususan, tomonlar yoʻlovchilar va yuk tashishni koʻpaytirish, temir yoʻl sohasidagi hamkorlik  hamda yangi avtotransport yoʻnalishlarini ochish masalalarini muhokama qildi”, - deyilgan xabarda.

Tojikistonlik vazir soʻnggi oylarda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat avtotransport qatnovi har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qay darajada muhimligini koʻrsatganini taʼkidladi. 

Lepeshka s izobrajeniyem tadjikskogo i uzbekskogo flagov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kuchaytirishga kelishdi

Azim Ibrohim shu munosabat bilan  ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq Oʻzbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgani xabar qilingan edi.

18 sentyabr kuni hukumatning iqtisodiy bloki xodimlari hamrohligida 172 nafar yirik biznes vakillaridan iborat Oʻzbekiston ishbilarmonlar delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala