Hodisalar

Uchquduqda ayanchli YTH: 2 kishi qurbon boʻldi, 3 kishi esa kasalxonada

21 yoshli “Lacetti” haydovchisi qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, “Nexia” bilan toʻqnashgan. Natijada ikki nafar “Nexia” yoʻlovchilari halok boʻlgan

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi qurbon boʻldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

YTH 22 sentyabr kuni Uchquduq tumani xududidan oʻtgan A-379 yoʻlining 282 km.da sodir boʻlgan. 21 yoshli “Lacetti” haydovchisi harakatlanib ketayotganida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Buning oqibatida ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli J.J.ning boshqaruvida boʻlgan “Nexia” bilan toʻqnashib ketgan.

© Sledstvennыy departament pri MVD Respubliki UzbekistanV DTP V Uchkudukskom rayone Navoiyskoy oblasti pogiblo dva cheloveka
Uchquduqda ayanchli YTH: 2 kishi qurbon boʻldi, 3 kishi esa kasalxonada - Sputnik Oʻzbekiston
V DTP V Uchkudukskom rayone Navoiyskoy oblasti pogiblo dva cheloveka

Natijada “Nexia” avtomashinada boʻlgan yoʻlovchilar 26 yoshli S.M. va 57 yoshli R.D. (ayol) lar hodisa joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yoʻlovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala