Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 24 sentyabr asosiy xabarlari

© AFP / FRED TANNEAUProbirka
Probirka - Sputnik Oʻzbekiston
Sutka davomida 387 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 53 834 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Otabekov yana oʻzbekistonliklarni karantin kuchaytirilishi toʻgʻrisida ogohlantirdi

Bir sutka davomida 387 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 53 834  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida hamda 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 398 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 50 230 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foiz.

Ayni paytda 3 158 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Vaktsina protiv novoy koronavirusnoy infektsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rospotrebnadzor turli xil vaktsinalar yutuq va kamchiliklarini sanab oʻtdi

Oʻzbekistonda jami 446 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Charter

Bugun Samarqand aeroportida 3ta charter parvoz kutib olindi. Sankt-Peterburg shahridan uchib kelgan ushbu parvozlar orqali 900 nafar Oʻzbekiston fuqarolari vataniga qaytarildi. Parvozlar iFLy va Azur aviakompaniyalari havo kemalarida amalga oshirildi.

Rossiyalik shifokorlar bilan uchrashuv

Vashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rossiyalik tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. Hozirda rossiyalik shifokorlar viloyatdagi qator tibbiyot muassasalarida boʻlib, respublika  shifokorlari bilan hamkorlikda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashishmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 32,1 milliondan oshdi, 981 ming kishi vafot etdi, 23,7 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,1 mln), Hindistonda (5,7 mln), Braziliyada (4,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala