Infografika

Pasport oʻrniga ID-karta

Oʻzbekistonda 2021 yildan boshlab ID-kartalar joriy etish boshlanadi. Ushbu kartalarning qanday qulayligi bor, uni olish uchun nima qilish kerak va boshqa savollarga infografikamizdan javob toping.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda 2021 yildan boshlab ID-kartalar tizimi joriy etiSH haqida farmon imzoladi. Unga koʻra yaqin kelajakda mamlakat ichida shaxsni aniqlash uchun biometrik pasport oʻrniga ID kartalardan foydalanish boshlanadi. 

ID-karta ichida shahsiy biografik maʼlumotlar saqlanadigan elektron chip, elektron imzo sertifikatlari bilan jihozlangan boʻlib, banklar va davlat muassasalarida xizmatlar olishni soddalashtiradi. 

ID-kartalar nafaqat Oʻzbekiston fuqarolariga, balkim Respublikada doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham beriladi. 

2021 yildan boshlab bosqichma bosqich ID-kartalar tizimga oʻtish boshlanadi. 2031 yilga kelib biometrik pasportlar amal qilishi toʻxtatiladi. 

ID-karta olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat qilish va 198,4 ming soʻm davlat bojini toʻlash kerak boʻladi.

ID-karta – faqat Oʻzbekiston hududida amal qiladi, xorijga chiqish uchun – biometrik pasport kerak boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala