Jamiyat

Toshkent-Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” qatnovi yoʻlga qoʻyildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston
26 sentyabrdan boshlab haftasiga ikki marotaba Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida "Afrosiyob" poyezdlari qatnovi koʻpaymoqda. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

26 sentyabrdan boshlab haftasiga ikki marotaba shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Bu yoʻlovchilarga koʻproq transport xizmatlarini koʻrsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala