Dunyoda

AQShda 17 yillik moratoriydan soʻng birinchi afroamerikalik qatl qilindi

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishVashington. Flag SSHA nad Belыm domom
Vashington. Flag SSHA nad Belыm domom - Sputnik Oʻzbekiston
Federal oʻlim jazosining qayta tiklanishi AQSH uchun ramziy maʼnoga ega, chunki bu yerda aksariyat qatllar federal hukumat emas, balki alohida shtatlar yurisdiktsiyasi ostida oʻtar edi

TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. AQSH hukumati federal darajada oʻlim jazosiga kiritilgan 17 yillik moratoriy bekor qilingach ilk afroamerikalikni qatl etdi, deb xabar qiladi mahalliy WTHI kanali.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama Amerika qonunlaridan "negr" soʻzini olib tashladi

Kristofer Vialva 1999 yil Texasda nasroniy faollar boʻlgan yosh er-xotin qotilligi uchun oliy jazoga hukm qilingan edi. Halok qiluvchi inʼyektsiya yordamidagi qatl Indiana shtatidagi Terre-Xot qamoqxonasida amalga oshirilgan.

Joriy yil iyul oyida AQSH Oliy sudi sal oldin quyi instantsiya sudlari tomonidan joriy etilgan moratoriyni bekor qilib, 17 yil deganda birinchi marta AQSH federal sudlarida qatllar amalga oshirilishi mumkinligi haqida qaror eʼlon qilgandi.

Birinchi oʻlim jazosiga hukm qilingan amerikalik - 47 yashar Deniyel Lyuis Li boʻldi. U ham Indiana shtatidagi Terre-Xot federal qamoqxonasida saqlanib kelgan.

Federal oʻlim jazosining qayta tiklanishi AQSH uchun ramziy maʼnoga ega, chunki bu yerda aksariyat qatllar federal hukumat emas, balki alohida shtatlar yurisdiktsiyasi ostida oʻtar edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala