Sport

OCHL: “Paxtakor” chorak finalda qaysi jamoaga qarshi oʻynashi maʼlum boʻldi

Osiyo chempionlar ligasining chorak finalida “sherlar”ga Eronning “Persepolis” klubi raqiblik qiladi. Bahs 30 sentyabr kuni Qatarda boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo chempionlar ligasi Gʻarb mintaqasi chorak final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkentning “Paxtakor” klubi oʻzining raqibini bilib oldi. “Sherlar”ga Eronning “Persepolis” klubi raqiblik qiladi.

“Paxtakor” vыshel v chetvertfinal Ligi chempionov Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
“Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi chorak finaliga yoʻl oldi

Ikkinchi juftlikdan esa Saudiya Arabistonining "Al Ahli" va "Al Nassr" klublari joy olishdi.

“Paxtakor”ning “Persepolis”ga qarshi bahsi 30 sentyabr kuni “Jassim bin Hamad” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyinni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da Sport TV telekanalida tomosha qilish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, “Paxtakor” klubi Osiyo chempionlar ligasining nimchorak finalida Eronning “Istiqlol” klubini taslim etib, 11 yillik tanaffusdan keyin turnir chorak finaliga yoʻllanma olgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala