Sport

Oksana Chusovitina Kiyevda oltin medalga sazovor boʻldi

© NOKOksana Chusovitina zavoyevala zolotuyu medal v Kiyeve
Oksana Chusovitina zavoyevala zolotuyu medal v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston
Turnirda Oʻzbekiston, Armaniston, Gruziya, Isroil, Germaniya, Litva, Latviya, Sloveniya, Belarus va Ukrainadan 85 nafar sportchi ishtirok etgan.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oʻzbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Ukrainaning Kiyev shahrida sport gimnastikasi boʻyicha xalqaro musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.

Chusovitina musobaqaning ayollar oʻrtasida tayanib sakrash yoʻnalishida gʻolib boʻldi.

“Chusovitina kecha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi va bugun final bosqichida ham oʻzining betakror chiqishi bilan yana bir bor oltin medalga sazovor boʻldi”, - deyilgan xabarda.

Turnirda Oʻzbekiston, Armaniston, Gruziya, Isroil, Germaniya, Litva, Latviya, Sloveniya, Belarus va Ukrainadan 85 nafar sportchi ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala