Dunyoda

Moskva maktablarida ikki haftalik taʼtil eʼlon qilindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishPervыy uchebnыy den pervoklassnika
Pervыy uchebnыy den pervoklassnika - Sputnik Oʻzbekiston
Odatda Moskva maktablarida kuzgi taʼtil bir hafta davom etar edi. Biroq aniqlanayotgan koronavirus koʻpayotganini sababli ular yana bir haftaga uzaytirildi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Moskvada maktab oʻquvchilari 5 oktyabrdan 18 oktyabrga qadar ikki haftalik kuzgi taʼtilga chiqadi. Moskva meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan kasallanish koʻpaygani sabab shunday qaror qabul qilgan.

Odatda Moskva maktablarida kuzgi taʼtil bir hafta davom etar edi.

Prezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya Moskva-2020 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sobyanin masofadan turib ishlashni davom ettirishni taklif qildi

“Sanitariya shifokorlari tavsiyasiga binoan, kuzgi shamollash kasalliklari va aniqlangan kovid bilan kasallanishning oʻsishini inobatga olgan holda men kuzgi taʼtil davomiyligini oshirishga qaror qildim”, - deya yozgan Sobyanin.

Taʼtil vaqtida masofaviy darslar boʻlmaydi. Qoʻshimcha taʼlim muassasalari faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi. Bogʻchalar esa odatdagidek ishlaydi.

28 sentyabrdan Moskvada 65 yoshdan kattalar uchun yana oʻzini oʻzi yakkalash rejimi amal qilmoqda. Moskvada 287 mingdan ziyod koronavirus bilan kasallanish aniqlangan. 27 sentyabr kuni ilk bor 2 iyundan buyon bir sutkada 2 mingdan ziyod kasallanish qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala