Jamiyat

Qozon shahridan charter parvozlarga chipta sotish boshlandi

© Uzbekskiye avialiniiVstrecha passajirov, pribыvshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta
Vstrecha passajirov, pribыvshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
UzAirways Oktyabr oyida "Qozon - Toshkent" yoʻnalishida haftaga bir necha bor charter parvozlar amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Qozon shahridan Oʻzbekiston fuqarolarini oʻz vataniga qaytarish boʻyicha charter parvozlarga biletlar sotish boshlandi deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airways.

Parvozlar 1 oktyabrdan quyidagi jadvalga asosan amalga oshiriladi:

Qozon - Toshkent, HY 3650, 11:00 - 16:30. 

Aviakompaniya saytida maʼlum qilinishiga koʻra, parvozlar haftada bir necha marotaba amalga oshiriladi v chipta narxi ekonom klass uchun 344 dollar, biznes klass uchun 554 dollarni tashkil qiladi. 

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiyanin Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan Oʻzbekistonga har kuni parvozlar amalga oshirilmoqda. Yoʻlovchilardan COVID-19 kasallanmagani toʻgʻrisida maʼlumotnoma talab qilinadi. Maʼlumotnoma parvozdan 72 soat oldin olingan PZR tashhisi asosida boʻlishi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala