Dunyoda

Mirziyoyev koronavirusga chalingan Donald Trampga shifo tiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Donald Tramp na vstreche v Belom dome
Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp na vstreche v Belom dome - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston yetakchisi oʻz maktubida Tramplar oilasiga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va kuch-quvvat yor boʻlishini tilab qolgan.

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampga maktub yoʻlladi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Sʼyezd Respublikanskoy partii v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH prezidenti va birinchi xonimida COVID-19 aniqlandi

"Siz va Melaniya Tramp Xonim Oliyalarining koronavirusga chalingani toʻgʻrisidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim. Sizlarni qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib oʻtib, shifo topishingizga, farovon hayotingiz hamda masʼuliyatli davlatchilik faoliyatingizni davom ettirishingizga ishonchim komildir", - deyilgan maktub matnida.

Oʻzbekiston yetakchisi Tramplar oilasiga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va kuch-quvvat yor boʻlishini tilab qolgan.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Donald Tramp va Melaniya Tramplarning koronavirusga chalingani toʻgʻrisidagi xabar tom maʼnoda internetni "portlatgan" edi. AQSH prezidenti oʻz rafiqasi bilan kechadan eʼtiboran karantinga oʻtishlarini maʼlum qilishgan.

Hozirda Oq uy Tramp kun tartibidan barcha ommaviy tadbirlarni olib tashlagan. Amerika prezidenti Uolter Rid nomidagi Vashington yaqinida joylashgan harbiy gospitalda qolmoqda. Oq uy bayonotiga koʻra, Tramp u yerda bir necha kun "xavfsizlik choralari" tufayli qolib turadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala