Hodisalar

Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Fuqaro Gʻ.E.ga tegishli boʻlgan tirkama va uning ichida boʻlgan past navli paxta yonib ketgan.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Buxoro viloyati Peshku tumanida paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasida yongʻin chiqdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2020 yilning 2 oktyabr kuni soat 17:34 da Gazli shahar IIB navbatchilik qismiga tushgan xabarga koʻra, tuman hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 393-kilometrida 40 yoshli haydovchi A.T. boshqaruvidagi yuk mashinasining tirkamasida yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Buxarskoy oblasti sgorel pritsep s xlopkom
Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi - Sputnik Oʻzbekiston
V Buxarskoy oblasti sgorel pritsep s xlopkom

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Fuqaro Gʻ.E.ga tegishli boʻlgan tirkama va uning ichida boʻlgan past navli paxta yonib ketgan.

Avtomobil tirkamasi poʻlat ustunlarining bir-biriga tegib, mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi mahsulot ustiga tushishi oqibatida yongʻin kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Hozir moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan Peshku tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala