Iqtisod

YETTB 2021 yilda Oʻzbekistonning YAIM boʻyicha prognozini pasaytirdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishEkran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы
Ekran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) bu yil real YAIMning 2 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish 2020 yilning birinchi yarmida 0,2% gacha pasayib, asosan qishloq xoʻjaligi (2,8%) va qurilish (7,3%) sohalaridagi oʻsish hisobiga ijobiy koʻrsatkichini saqlab qoldi. Boshqa sohalarda pasayish kuzatildi. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) matbuot xizmati yangi makroiqtisodiy hisobotga asoslanib xabar berdi.

Natsionalnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Kelgusi yilda Oʻzbekiston YAIMi sezilarli oʻsadi - YETTB

Hisobotga koʻra, sanoat va gaz qazib olish 1,9% va 17,1%ga kamaygan. Mehmonxona biznesi va chakana savdoda 1,1 foizga, transport va saqlash, axborot va aloqada — 3,2 foiz pasayish kuzatildi. Yanvar-iyul oylarida ishsizlik 13,2%gacha oʻsdi (bir yil oldin — 9,1%), real daromadlar esa 1,7%ga kamaydi.

Yalpi talab fonida inflyatsiya avgust oyida 11,7% gacha pastladi (2019 yil avgustda — 16,5%), bu Markaziy bankni qayta moliyalash stavkasini yillik 15%dan 14%gacha tushirishga majbur qildi.

Simvolika Aziatskogo banka razvitiya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻsishi 2020 yilda sekinlashadi – OTB prognozi

Hisobotda taʼkidlanishicha, Inqirozga qarshi jamgʻarma (YAIMning 1,5 foizga yaqini) tashkil etilganiga qaramay, mamlakat kuchli tashqi bosimni boshdan kechirmoqda. Yilning yetti oyida import taxminan 18%ga, eksport esa 21%ga kamaydi. Rossiya va Qozogʻistondagi iqtisodiy faollikning sustlashuvi va yanvar-iyul oylarida pul oʻtkazmalarining 7 foizga pasayishi tufayli tashqi muvozanat yanada yomonlashdi.

Umuman olganda, YETTB bu yil real YAIMning 2 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Tahlilchilar eksport va ichki talabning tiklanishi bilan bogʻliq holda 2021 yilda 4,5% oʻsishni kutmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0