Siyosat

MO mamlakatlari va Rossiya TIV rahbarlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishdi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v tretyem zasedanii glav vneshnepoliticheskix vedomstv gosudarstv Tsentralnoy Azii i Rossii v formate videokonferentsii
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v tretyem zasedanii glav vneshnepoliticheskix vedomstv gosudarstv Tsentralnoy Azii i Rossii v formate videokonferentsii - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. 2020-yilning 15-oktyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining videokonferentsiya shaklidagi uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev, Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashdi.

© MID UzbekistanaOʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining videokonferentsiya shaklidagi uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
MO mamlakatlari va Rossiya TIV rahbarlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishdi  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining videokonferentsiya shaklidagi uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, migratsiya, madaniy-gumanitar, xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik farovonlikni taʼminlash sohalarida oʻzaro aloqalarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Otkrыtiye filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov Moskvadagi SHHT TIVK yigʻilishida ishtirok etadi

Oʻzbekiston TIV rahbari uchrashuv ishtirokchilariga mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi samarali kurashish, pandemiyaning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali aholi bandligini taʼminlash, korxonalar va milliy eksportyorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, bunda Afgʻonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka yanada jalb qilish muhim omil hisoblanishi qayd etildi.

Tadbir yakunida "Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirlarining hamkorlikning strategik yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bayonoti" qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala