Tojikiston hududida joylashgan Rossiya 201-harbiy bazasi BTRlardan o‘q otish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi.
Tog‘li hududlarida bo‘lib o‘tgan mashqlarda jangovar mashina ekipajlari 30-mmli avtomatik pushka va 7,62mmli pulemotlardan nishonlar ga o‘q uzishdi.
Harbiylar oldiga dushmanning tog‘ hududlarida 300 va 1500 metr masofada joylashgan 300dan ortiq statik va harakatlanuvchi nishonlarni yo‘q qilish vazifasi qo‘yilgan edi. Nishonlar raqibning "tirik kuchlari", yengil zirhli texnika va "jihad-mobillarni" imitatsiya qildi.