Jamiyat

Hafta oxirida havo soviydi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishOsen
Osen - Sputnik Oʻzbekiston
22-23-oktyabr kunlari salqin havo butun Oʻzbekiston hududiga tarqaladi. Togʻoldi va togʻli hududlarda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, baland-baland joylarda esa yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Oʻzgidromet haftalik ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududiga quruq va issiq havo massasi taʼsir etishi kuzatiladi. Respublikada kam bulutli ob-havo davom etadi, kunduzi havo harorati 24-27 darajagacha koʻtariladi, bu esa shu kunlarning iqlimiy meʼyoridan 4-5 darajaga yuqori.

21 oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlari Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Volga boʻyi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida bulutlar koʻpayadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 m/s gacha esib, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida quruq, kam bulutli ob-havo kutilmoqda.

22-23-oktyabr kunlari salqin havo butun Oʻzbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, togʻoldi va togʻli hududlarda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, baland-baland joylarda esa yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 m/s ga yetishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat meʼyorlaridan 3-5 darajaga past boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala