Dunyoda

Qirgʻiziston prezidenti v.b. Japarov saylovlarda ishtirok etish shartini aytdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Kirgizii Sadыr Japarov
Premyer-ministr Kirgizii Sadыr Japarov  - Sputnik Oʻzbekiston
Hozir Qirgʻiziston Konstitutsiyasiga koʻra prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka nomzodini ilgari sura olmaydi.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov agar qonunchilikka tegishli oʻzgartirish kiritilsa, prezident saylovlarida ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qildi.

Hozir mamlakat Konstitutsiyasiga koʻra prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka nomzodini ilgari sura olmaydi.

“Hozir parlamentda parlament va prezident saylovlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka oʻzgarishlar tayyorlanmoqda. Agar qonunning bu oʻzgarishlari natijasida saylovlarda ishtirok etishga ruxsat etilsa, men ishtirok etaman”, - dedi Japarov “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida.

Novoizbrannыy premyer-ministr Sadыr Japarov (v tsentre) - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sadir Japarov prezident v.b. sifatida murojaat qildi: asosiy fikrlar

Uning soʻzlariga koʻra, bu haqda gapirishga hozircha erta, bu masalaga oid qaror hali qabul qilinmagan.

Namoyishlardan isteʼfogacha: Qirgʻizistonda boʻlgan voqealar qisqa satrlarda

5 oktyabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi boʻlganlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tezda tartibsizliklarga aylanib ketdi. Qirgʻiziston bosh vaziri Kubatbek Boronov va parlament spikeri Dastanbek Jumabekov isteʼfoga chiqdi. MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Qirgʻiziston kosasi toʻlgan kun - tartibsizliklarga nima sabab boʻldi

Kanat Isayev parlament spikeri va namoyishchilar qamoqdan ozod qilgan Sadir Japarov bosh vazir etib saylandi. 15 oktyabr kuni Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Isayev prezident majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdi. Konstitutsiyaga binoan prezident vakolatlari bosh vazir Japarovga oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala