Dunyoda

Tojikistonda Rossiya harbiy gospitali veteranlarni qabul qila boshladi

© PRESS-SLUJBA TSVOVoyennыy gospital v Tadjikistane nachal priyom veteranov VOV
Voyennыy gospital v Tadjikistane nachal priyom veteranov VOV - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy gospitali shifokorlari barcha Ikkinchi jahon urushi veteranlarini va front ortida xizmat koʻrsatgan fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazishni boshladi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Tojikistonda joylashgan Rossiya harbiy gospitali shifokorlari Ikkinchi jahon urushi veteranlarini qabul qila boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligiga asosan.  

Tojikistonda joylashgan Rossiya 451 harbiy gospital xodimlari Ikkinchi jahon urushi veteranlarini hamda front ortida xizmat koʻrsatgan shaxslarni, internatsional-jangchilarni  qabul qila boshladi, - deyilgan xabarda.

Barcha keksa fuqarolarni uylaridan gospitalgacha maxsus transportda olib tekshiruvlardan oʻtkazib kerakli muolajalar koʻrsatilmoqda.

Veteranlarga kardiolog, xirurg, otolaringolog, endokrinolog, nevrolog va rentgenolog shifokorlar  xizmat koʻrsatmoqda. U yerda ichki organlarni toʻliq tekshirudan oʻtkazish mumkin. Harbiy gospital barcha kerakli zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan: UZI, elektrokardiogramma, kompyuter tomografiyasi va  rentgenografiya apparatlari.Kerak boʻlganda bemorlarga statsionar va ambulator davolash xizmatlari taklif qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq 451-harbiy gospital shifokorlaridan iborat mobil guruhlar veteranlarni turar joylarida koʻrikdan oʻtkazib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala