Dunyoda

Yangi rekord: Shveytsariyada dunyoda eng katta tort pishirildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishTort, ukrashennыy kremom i yagodami
Tort, ukrashennыy kremom i yagodami - Sputnik Oʻzbekiston
Shveytsariyada pishirilgan olcha torti Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Tortning vazni 240 kilogrammdan ortiq.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Shveytsariyada pishirilgan Tsugs olcha torti Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Qandolat doʻkoni boshqaruvchisi Piter Shpek maʼlum qilishicha, tortning vazni 240 kilogrammdan ortiq.

“Ginnesning rekordlar kitobi tasdiqladi: diametri toʻrt metrdan ortiq va vazni 241 kilogramm boʻlgan gilos torti - dunyodagi eng katta”, - dedi qandolatchi.

Taʼkidlanishicha, tort yanvar oyida pishirilgan: unga 18 kilogrammdan ortiq sariyogʻ, 23 kilogramm un, 900 dan ortiq tuxum va deyarli 100 litr olcha likyori sarflangan. Shirinlikni tayyorlash uchun 55 soatdan koʻproq vaqt ketdi.

Tort uch ming boʻlakka boʻlinib, tomoshabinlarga tarqatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala