Dunyoda

Qirgʻiziston MSK takroriy parlament saylovi sanasini belgiladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishIzbirateli i chlen izbiratelnoy komissii na izbiratelnom uchastke v gorode Bishkek.
Izbirateli i chlen izbiratelnoy komissii na izbiratelnom uchastke v gorode Bishkek.  - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston parlamentiga takroriy saylovlar 2020 yilning 20 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Ushbu qaror mamlakat MSK tomonidan qabul qilingan.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasi takroriy parlament saylovi 20 dekabr sanasiga belgiladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

Storonniki premyer-ministra Sadыra Japarova na mitinge u gostinitsы Issыk-Kul v Bishkeke, Kirgiziya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Namoyishlardan isteʼfogacha: Qirgʻizistonda boʻlgan voqealar qisqa satrlarda

“Qarorni MSK aʼzolari majlisda qabul qildi. Ilgari MSK saylovlarni aynan shu kuni, 20 dekabr kuni oʻtkazishni taklif qilgan edi”, - deyilgan xabarda.

Qirgʻizistonda parlament saylovlari 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan edi. 5 oktyabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi boʻlganlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tezda tartibsizliklarga aylanib ketdi. 6 oktyabr kuni MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala