Jamiyat

Oʻzbek tili doimo magʻrur yangrasin - Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan, prezident barchaga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat va xonadonlarga fayzu baraka tiladi.  

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi. 

Oʻz tabrik soʻzida prezident barchaga sogʻlik-omonlik, baxtu-saodat va xonadonlarga fayzu baraka tiladi.  

"Oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Oʻzbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo magʻrur yangrasin!", - deyilgan prezident tabrik soʻzida. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 1989 yilning 21 oktyabrida murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi mustaqillik sari qoʻyilgan muhim qadam boʻlganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Undan tashqari, prezident bugungi kunda dunyoda oʻzbek tilida soʻzlashuvchi odamlar soni 50 million kishini tashkil qilishini, xorijiy davlatlardagi 65ta OTMda oʻzbek tili oʻqitilishini ham taʼkidlab oʻtdi. 

Prezident tabrik soʻzi bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala