Dunyoda

OAVlar Kim Chen Inning rafiqasi gʻoyib boʻlgani haqida xabar qildi

© REUTERS / KCNALider KNDR Kim Chen Ыn s suprugoy Li Sol Chju vo vremya vizita v Kitay
Lider KNDR Kim Chen Ыn s suprugoy Li Sol Chju vo vremya vizita v Kitay  - Sputnik Oʻzbekiston
OAVlar Kim Chen Inning rafiqasi gʻoyib boʻlgani haqida xabar qildi – u yil boshidan beri jamoatchilik oldida koʻrinmayapti.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Janubiy Koreya matbuotida Kim Chen Inning rafiqasi – Li Sol Chju gʻoyib boʻlgani haqida xabarlar paydo boʻldi.

Kim Chen Ыn poziruyet posle vrucheniya pamyatnыx pistoletov ofitseram VS KNDR - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kim Chen In vakolatlarning bir qismini singlisiga topshirdi

Daily NK nashri yozishicha, mamlakatning birinchi xonimi oxirgi marta 25 yanvarda rasmiy lavhalarda koʻringan. Yangi yil bayrami munosabati bilan “Samchjiyen” musiqa teatrida tashkil etilgan tantanada Li Sol Chju turmush oʻrtogʻiga hamrohlik qilgandi.

Bundan keyin Shimoliy Koreyaning yetakchisi bir necha bor omma oldida koʻrinish bergan, fabrikalar, turli qurilish ishlari nazorat qilish maqsadida joylarga chiqqan.

10 oktyabrda KXDRda Koreyaning Ishchi partiyasi tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan harbiy parad boʻlib oʻtdi, biroq tadbirda Li Sol Chju qatnashmadi.

Jurnalistlar fikriga koʻra, kameralar nihogidan uzoq vaqtgacha gʻoyib boʻlishining sabablari biri  Kim Chen Inning rafiqasi homilador yoki COVID-19'ga chalinmaslik uchun oʻzini ehtiyot qilmoqda. Shuningdek, Li Sol Chju begonalarning yordamisiz harakatlana olmaydigan xolasiga qarayapti, degan taxminlarni bildirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala